Men bir odamni kartasiga pul o'tkazib berdim va 2 foiz hizmat haqqi oldim bu ribo hisoblanadimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bankomatlardan pulni naqdlashtirishda umumiy summaning 1 foizi miqdorida komissiya to‘lovi belgilangan. Ushbu foiz bankomat orqali pulni naqdlashtirish jarayonida avtomatik tarzda yechib olinadi. Bu jarayonni bank sohasi mutaxassislari xizmat haqqi sifatida baholashadi. Chunki bankomat pulga sotib olinadi, uning amortizatsiyasi mavjud, unga mulk solig‘i to‘lanadi, bankomat o‘rnatilgan joyga ijara haqi to‘lanadi, yana bankomat elektr energiyasi va qog‘oz xarajati, ekspluatatsiya chiqimlarini talab etadi. Mana shu e’tibordan hozirgi kundagi bankomat orqali pulni naqdlashtirish jarayonida qiymatining bir foizini ushlab qolish xizmat haqqi sifatida joiz hisoblanadi. Qolaversa, insonlar o‘zlarining ish haqlari va elektron pullarini naqdlashtirishlari uchun bankomatdan foydalanishga zarurat bor. Bu ham masalani shar’iy jihatdan yengillashtiradi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, sog‘lom raqobat muhiti shakllanib borgani sari ba’zi banklar bu xizmat haqini kamaytirishi yoki vaqt o‘tishi bilan butunlay yo‘q bo‘lishi tabiiy. Vallohu a’lam.