PUL EHSON QILSAM QURBONLIKKA O‘TADIMI?

ID: 268

04.04.2025

86

Savol:

Akamning o‘g‘li nogiron, davolanishiga pul zarur ekan. Qurbonlik qilmoqchi bo‘lgan pulimni shunga bersam qurbonlikka o‘tadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qurbonlikka o‘tmaydi. Lekin Ushbu pulni bersam bo‘ladimi yoki qurbonlik qilishim zarurmi desangiz buning javobi holatga qarab ikki xil bo‘ladi.

  1. Qurbonlikni niyat qilgan kishi boy (ya’ni, asliy hojatidan tashqari nisob miqdoricha mol-mulki bor kishi) bo‘lsa, ajratgan pulini xoh naqd, xoh plastik holda ehson qilishi mumkin. Qurbonlik kunlari kelsa, boyligi sababli yana qurbonlik qilishi vojib hisoblanadi.

  2. Qurbonlikni niyat qilgan kishi kambag‘al (ya’ni, asliy hojatidan tashqari nisob miqdoricha mol-mulki bo‘lmagan kishi) bo‘lsa, faqat niyat qilishi bilan qo‘y so‘yishi vojib bo‘lib qolmaydi, ajratib qo‘ygan pulini xohlagan ko‘rinishida ehson qilishi mumkin. Qurbonlik kunlari kelsa, kambag‘alligi sababli qurbonlik qilishi vojib emas.

Biroq ikki holatda ham qilingan ehson qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi, balki sadaqaning savobini olasiz. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar