ASALARI SAVDOSI

ID: 963

04.04.2025

54

Savol:

Asalari boqish uchun ularga bir nechta quti yasadik. Ba’zilardan asalarini qutisiz o‘zini sotib olish mumkin emas, degan gaplarni eshitdik. Shu masalani aniqlashtirib bersangiz.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu masalada mazhabimiz mujtahidlaridan ikki xil so‘z bor. Imom Abu Hanifa va Imom Abu Yusuf rahimahumalloh asalari oilasini uyasiz sotib olish joiz emas, deyishgan. Imom Muhammad rahimahulloh esa, agar asalari bir joyga to‘plangan bo‘lsa, ularni insiz, faqat o‘zini sotib olish ham joiz, deganlar (har ikki tomonning dalillari bor, albatta). Agar asalari oilasini asalli mumi (ramkasi) bilan sotib olinsa, hamma imomlar nazdida durust bo‘ladi. 

 “Zaxira”, “Xulosa” va “G‘iyosiya” kitoblarida Imom Muhammad rahimahullohning so‘zlariga fatvo berilgan (“Fathu babil inoya”, “Fathul qadir” va “Fatovoi hindiya” kitoblari).  

  Demak, o‘zlarida in bo‘lib, faqat asalari oilasini sotib olmoqchi bo‘lganlar ixtilofdan qochish uchun, bitta bo‘lsa ham asalli mum (ramka) va asalari oilasini birga savdo qilsalar, barcha mujtahid imomlar nazdida savdo durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar