ER-XOTINNI BIR-BIRIGA ISITSA SHIRK BO‘LADIMI?

ID: 557

04.04.2025

90

Savol:

Qizini oilasi ajrashish oldida turibdi. Orada bitta farzand bor. Oilani saqlab qolish uchun er-xotinni bir-biriga isitsa bu ham shirk bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Er-xotinni o‘rtasini isloh qilish uchun Alloh taolo qaytargan katta gunohga qo‘l urilmaydi. Qur’oni karimda oilada kelishmovchilik yuz berganda qilinadigan yo‘l-yo‘riqlar bor. Dastlab o‘sha tavsiyalar birma-bir amalga oshiriladi. Ular ham naf bermaganda, har ikki tomondan bittadan hakam tayin qilinadi. Ana shu bosqichlarni amalga oshiriladi.

Agar oilada er va xotinlarning har biri oila haqidagi islomning ko‘rsatmalarini yaxshi bilib amal qilishganida va o‘zlarining haqlarini taniganchalik burchlarini ham bilib rioya qilganlarida mana shunday ajrashishlar ro‘y bermas edi. Hech qachon shirk va ma’siyat amallar bilan yaxshilik iroda qilinmaydi.

Uni o‘rniga ayol erni “isitish”ning halol yo‘li Alloh halol qilgan vositalar bilan erining mehrini qozonishga harakat qilsin. Er uyiga kelganida xonadonining tartibsizligi, taom o‘z vaqtida tayyor bo‘lmasligi, xotinning sochlari to‘zigan, egnidagi kuylagidan yog‘ hidi kelib turishi, buning ustiga ayolining tund qiyofasi har qanday erkakni uyidan, oilasidan bezishiga olib keladi. Mana shularni tartibga solsin! Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar