PLAZMA DONORLIGI UCHUN PUL

ID: 4929

08.12.2025

110

Savol:

Assalomu alaykum, menda savol bor edi: Qon tarkibidagi plazmani donor sifatida topshirib, uning evaziga pul olish harom amalmi? Bu a'zolarni sotish hukmida bo'lib qoladimi? Javob uchun rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra inson a'zolari va qoni insonning mulki hisoblanmagani bois, ularni sotish va evaziga pul olish durust emas. Plazma yoki qon topshirishni tijoratga aylantirmay, faqat insoniylik юzasidan, beg'araz amalga oshirish lozim. Shundagina bu ish ibodat darajasiga ko'tarilib, savobga sabab bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar