Men farzandim kasal bo‘lganligi uchun agar tuzalib ketsa Zangiboboga atab qo‘y so‘yaman deb nazr qilgandim. Allohga shukurki bolam tuzaldi. Endi men nazrimni bajarishim kerakmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Yo‘q, gunoh ishga nazr qilingan bo‘lsa unga amal qilinmaydi. Chunki biror ulug‘ zotga atab qo‘y so‘yish joiz emas.
Kitoblarimizda bu haqda shunday deyiladi:
و اعلم ان نذر الذي يقع للاموات من اكثر العوام الي ضرائح الاولياء الكرام تقربا اليهم فهو بالاجماع باطل و حرام
"Bilingki, aksar avom tarafidan avliyolarga yaqin bo‘lish maqsadida ularning qabrlarga atab qilinayotgan nazrlar ulamolarning ijmosi bilan botil va haromdir". (Durrul Muhtor 2 jild, 439 bet). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.