Masjidga kirsam jamoat peshin namozini ukiyotgan ekan men safga turib imomga iktido kilib namozga kushildim, ikki rakaatni topdim va kolganini uzim ado kilib namozni tugatdim. Men peshin namozini avvalgi turt rakaat sunnatini ukiymanmi, yukmi? Javob uchun oldindan Raxmat!
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu masala ulamolarimiz o'rtasida ixtiloflidir. Lekin ixtilof makruhlik yo haromlik haqida emas, balki qaysi birini avval o'qish afzalligi borasidadir.
Imom Abu Hanifa va Imom Abu Юsuf rahmatullohi alayhimdan ikki rakatli sunnat avval o'qilishi, Imom Muhammad rahmatullohi alayhdan esa to'rt rakatli sunnat avval o'qilishi rivoyat qilingan.
Mazkur ulug' imomlarimizdan keyin kelgan olimlarning masalaga yondashuvi ham turlicha bo'lgan. Masalan, Hanafiy mazhabining mo''tabar fiqhiy matn kitoblari, “Tabyinul Haqoiq”, “Sirojul vahhoj” kitoblarida 4 rakatli sunnatni avval o'qishga fatvo berilgan bo'lsa, “Fathul qadir”, “Fatovol attobiya”, “Jome'u Qozixon”, “Fathu bobil inoya” kitoblarida ikki rakatli sunnatni avval o'qish sahih qavl deyilgan. Har ikki tarafning ham o'z dalil va sabablari bor.
Demak, bu masalada mazhabimiz hukmni keng olgan. Har ikki holat ham noto'g'ri emas, masala afzallik haqida ketgan. Bu o'rinda eng muhimi, masalani ikki tomon bo'lib olib, ixtilof va janjalga olib kelmaslik kerak. Vallohu a'lam.