PESHIN NAMOZINI KECHIKTIRIB O‘QISH KERAKMI?

ID: 23

04.04.2025

306

Savol:

Bir hadis eshitdim, peshin namozini kechiktirib o‘qish kerak ekan, shu rostmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Peshin namozini yoz faslida biroz kechiktirib, qish faslida esa vaqti kirishi bilan o‘qish mustahabdir. “Muxtasarul viqoya” kitobida shunday deyilgan:

ويُسْتَحَبُّ تَأْخِيرُ ظُهْرِ الصَّيْفِ وتَعْجِيلُ ظُهْرِ الشِّتَاءِ

“Yozda peshin namozini kechiktirib o‘qish, qishda ertaroq o‘qish mustahabdir”.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ إذَا اشْتَدَّ الْحَرُّ فَأَبْرِدُوا بِالصَّلَاةِ فَإِنَّ شِدَّةَ الْحَرِّ مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ رَوَاهُ البُخَارِيُّ 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Issiq kuchayganda namozni salqinlatib o‘qinglar, chunki issiqning shiddati jahannam taftidandir”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyatlari).    Shu o‘rinda bir narsani yodda tutish lozimki, yoz faslida peshinni biroz kechiktirish mustahab ekan deb namozni jamoat bilan o‘qishdan qolmaslik kerak. Chunki jamoat bilan namoz o‘qish ta’kidlangan sunnatdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar