Assalomu alaykum. Peshin namozini vaqtida o'qishga ulgurmadim. Asr namozining vaqti kirib qoldi. Asr namozini o'qiymanmi yoki oldin Peshin namozini o'qib, keyin orqasidan Asr namozini o'qiymanmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Agar zimmangizdagi qazo namozlar soni oltitaga etmagan bo'lsa, siz «sohibi tartib» sanalasiz va albatta avval peshinning qazosini o'qib, keyin asr namozini o'qishingiz lozimdir. Bordiю qazolaringiz oltitadan ko'p bo'lsa yoki asr vaqti chiqib ketishiga oz qolgan bo'lsa, avval asrni o'qib, keyin peshinning qazosini o'qishingiz mumkin. Vallohu a'lam.