Savol: Assalomalekum. Mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatishga shartnoma kilinganda, shartnomada shartlar kursatiladi. Agar shartnoma bajarilgandan kegin uni haqi to‘lab berilmasa. U hak sud orqali undiriladi. Bu holatda shartnomada ko‘rsatilgan shartlar buyicha xakni tulashga kechiktirilgan xar bir kunga kushimcha undiruv xisoblanadi. masalan karzdor 100 sum karz bulsa uni 100 kunga kechiktirilsa 40 sumgacha penya xisoblanadi va sudga ajrim uchun beriladi. Sud barcha xujjatlarni ko‘rib chiqib asosiy karz davlat boji va suralgan peniyani kanchadir kismini undirishga karor chikaradi. masalan bu 5 sum yoki 30 sum bulishi mumkin. Savol shu undirilgan kushimcha penya olish kanchalik tugri buladi. bitta kushimcha shartnomadan xar bir kechiktirilgan kuni uchun 0._% ikki tomon kelishgan xolda kursatish mumkin. lekin shartnomada kursatilmasa bu konunda 0.4% xisoblash mumkin. Javob: Islom shariatiga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish shartnomalarida to‘lov kechikkani uchun sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi foydasiga jarima (penya) tayinlash durust emas. Yangi savol: Oldingi olingan penyalarni nima kilishimiz kerak?
Egasiga qaytarib berish lozim.