PAYNETDAN KARTAGA PUL O'TKAZISHNING HUKMI

ID: 6643

27.01.2026

178

Savol:

Assalomu alaykum ustozlar. 1.Biz qishloqda yashaymiz va plastik kartamizga pul o'tkazish kerak bo'lib qolsa bizning qishloqda mini marketlar bor va o'sha mini market egalari o'zlarining plastik kartalaridan telefonga paynet va plastik kartalarga ham pul o'tkazib berishadi masalan yuz ming so'm pulga to'rtming beshming olib o'tkazib berishadi adashmasam bu ish to'g'rimi yani biz yuqoridagi shahslarga pul berib plastik kartamizga pul o'tkazsak bo'ladimi yoki bankamatlardan o'tkazishim kerakmi plastik kartaga pulni? 2.Oddiy odamlarda ham plastik karta bor shu insonlarga ham malum bir pul berib malum bir mablah evaziga kartaga pul o'tkazib berishsa bo'ladimi masalan yuz ming so'mga besh olti ming so'm evaziga? 3.Boshqa birovlarning telefoniga yoki kamunal toʻlovlariga kartadan pul oʻtkazib keshbekidan foydalanishimiz joizmi? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom.

  1. Agar kimdir aynan shu ish uchun do'kon qurib, uskunalar o'rnatib shu ish bilan shug'ullanib o'tirsa, unga xizmat haqqi sifatida pul berish joiz. Qishlog'ingizdagi mini marketda ham bir chekasida shunday joy tashkil qilingan bo'lsa, xizmat haqqi aniq kelishilgan bo'lsa, bu ish ham joiz bo'ladi.
  2. Oddiy odamlar kimgadir, qaysidir munosabat bilan pul o'tkazib bersa, o'zining kartasidan qancha kamaygan bo'lsa shunchani olishi mumkin. Ortig'ini olishga haqqi yo'q.
  3. Egasining roziligi bilan foydalanish kerak.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar