PAYG‘AMBARIMIZ: "BIR QIZNI SEVDINGMI UNGA SEVISHINGNI AYTIB QO‘Y" DEGANMILAR?

ID: 533

04.04.2025

125

Savol:

Payg‘ambarimiz: "Bir qizni sevdingmi unga sevishingni aytib qo‘y" deganmilar?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

 إذا أحب الرجل أخاه فليخبره أنه يحبه، رواه أبو داود والترمذي

"Kishi birodarini yaxshi ko‘rsa unga yaxshi ko‘rishini aytib qo‘ysin" dedilar. Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilishgan.

Bu hadisidagi yaxshi ko‘rishdan Alloh uchun yaxshi ko‘rish iroda qilingan, nafsoniy, shahvoniy sevgi iroda qilinmagan. Nomahram ayolga yaxshi ko‘rishini aytishi bu zinoga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi, zinoga olib boradigan har bir ish haromdir.

Kishi biror ayolni yaxshi ko‘rsa unga sovchi qo‘yib nikohlansin, nikohdan so‘ng har qancha yaxshi ko‘rishini aytsa halol bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar