MAZIY TEKKAN EHROM BILAN IBODAT

ID: 4535

25.11.2025

131

Savol:

Umrada maziy (maniy emas) ehromga ozgina tegsa, uni юvib o'tirmay, tahoratni yangilab, umrani davom ettirsa, qabul bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Agar maziy kabi g'aliza najosat kiyimga tegsa va uning miqdori dirham (suюq najosatlarda kaft chuqurligi)dan kichik bo'lsa, ibodat durust hisoblanadi va umrani davom ettirish mumkin. Bunday oz miqdordagi najosatni юvish farz emas, balki sunnatdir, lekin imkon bo'lishi bilan uni tozalash afzaldir.

Mo''tabar manbalardan bo'lmish «Fatovoi Olamgiriya»da quyidagicha yozilgan:

النَّجَاسَةُ إنْ كَانَتْ غَلِيظَةً وَهِيَ أَكْثَرُ مِنْ قَدْرِ الدِّرْهَمِ فَغَسْلُهَا فَرِيضَةٌ وَالصَّلَاةُ بِهَا بَاطِلَةٌ وَإِنْ كَانَتْ مِقْدَارَ دِرْهَمٍ فَغَسْلُهَا وَاجِبٌ وَالصَّلَاةُ مَعَهَا جَائِزَةٌ وَإِنْ كَانَتْ أَقَلَّ مِنْ الدِّرْهَمِ فَغَسْلُهَا سُنَّةٌ وَإِنْ كَانَتْ خَفِيفَةً فَإِنَّهَا لَا تَمْنَعُ جَوَازَ الصَّلَاةِ حَتَّى تَفْحُشَ. كَذَا فِي الْمُضْمَرَاتِ.

«Najosat agar g'aliza bo'lib, miqdori dirhamdan ko'p bo'lsa, uni юvish farz, u bilan o'qilgan namoz botildir. Agar (miqdori) bir dirhamcha bo'lsa, uni юvish vojib, u bilan namoz o'qish joiz (lekin makruh). Agar dirhamdan oz bo'lsa, uni юvish sunnatdir. Agar najosat xafifa (engil) bo'lsa, to ko'payib ketmagunicha namozning joizligini man qilmaydi. «Muzmarot»da shunday deyilgan».

Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar