Bizda asalari boqiladi. Asalariga zarar keltiradigan shunday mayda jonzotlar borki, ularni dori yoki maxsus vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmayapti. Shuning uchun biz asalari qutilarini olovda kuydiramiz, toki zararkunandalar mutloq daf bo‘lsin deb. Shu ishimiz joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ozor beruvchi jonzotlarni olovda yoqish, kuydirish joiz emas, makruhdir. Ammo bundan boshqa usullar kor qilmasa kuydirish bilan ularni bartaraf qilish joiz bo‘ladi. "Durrul Muhtor" da quyidagicha keltirilgan:
لکن جواز التحریق والتفریق مقید کما في الشرح السِّیر بما إذا لم یتمکنوا من الظفر بہم بدون ذلک بلا مشقة عظیمة فإن تمکنوا فلا یجوز کما في الدر المختار
"... Lekin jonzotlarni yoqish va kuydirish joizligi "Sharhus siyar" da kelganidek, jiddiy bir mashaqqatsiz boshqa imkon topa olmagan holatlarga tegishlidir. Agar undan boshqa usul bilan bartaraf qilish imkoni bo‘lsa kuydirish joiz emas". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.