Assalomu alaykum. Oziq ovqat do'konidan zakot qanday beriladi va daftardagi qarzlardan ham zakotga qo'shladimi? Oldindan rahmat!
Va alaykum assalom.
1. Oziq-ovqat do'konidan zakot chiqarish uchun sotuvdagi barcha mahsulotlarning tannarxi (sotilish narxi emas) hisoblanadi, unga kassadagi va yondagi naqd pullar hamda bank kartasidagi mablag'lar qo'shiladi. Agar bu jamg'arma nisobga (taqriban 85 gramm oltin qiymatiga) etsa, umumiy summaning 2,5 foizi zakot qilib beriladi.
2. Daftardagi qarzlarga kelsak, agar ular "umidli qarz" bo'lsa (ya'ni qarzdor to'lashiga ko'zingiz etsa), ular ham zakot hisobiga qo'shiladi. Ammo qarzdor o'ta nochor bo'lib, pulni qaytarishdan umidni uzgan bo'lsangiz, uni zakot hisobiga qo'shmaysiz. Shuningdek, do'konning binosi, peshtaxtalari, muzlatgichlari va mashinasi kabi asosiy vositalaridan zakot berilmaydi. Faqat aylanmadagi tovar va naqd puldan beriladi. Vallohu a'lam.