Ikki kishi bir mashinani sherik bo‘lib sotib olsa, keyin biri ikkinchisiga o‘z ulushini bo‘lib to‘lashga sotishi mumkin deb eshitdim shu to‘g‘rimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
To‘g‘ri. Ikki kishi bitta mashinani o‘rtaga pul tashlab sotib olgan bo‘lsa, so‘ng sheriklardan biri o‘zining hissasini sotmoqchi bo‘lsa, xohlasa naqd savdo bilan xohlasa nasiya savdo bilan, xohlasa o‘z sherigiga xohlasa begona odamga sotishi mumkin. Faqat bo‘lib to‘lash orqali nasiya savdo qilinganda qiymat va muddat aniq bo‘lishi shart. Bu haqida fuqaholarimiz shunday deydilar:
لأحد الشريكين إن شاء بيع حصته إلى شريكه إن شاء باعها لآخر بدون إذن شريكه"
“Sheriklardan biri o‘z ulushini xohlasa o‘z sherigiga, xohlasa sherigining iznisiz boshqa kishiga sotishi ham mumkin” (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.