O‘tirib azon va iqomat takbirlarini aytish mumkinmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Jamoat uchun o‘tirib azon aytish makruh, yolg‘iz o‘zi uchun azon aytsa, o‘tirib aytsa ham zarari yo‘q. Iqomatning ko‘p hukmlari azonnikiga o‘xshaydi. Sog‘lom odam jamoat uchun o‘tirib iqomat aytishi makruhdir.
Lekin kishi bemorligi sabab tik turishga qodir bo‘lmasa, o‘zi uchun o‘tirib iqomat aytishi joiz.
O‘tirib azon aytishning hukmi haqida “Al-Fatovol hindiya” kitobida shunday deyilgan:
وَيُكْرَهُ الْأَذَانُ قَاعِدًا وَإِنْ أَذَّنَ لِنَفْسِهِ قَاعِدًا فَلَا بَأْسَ بِهِ
ya’ni: “O‘tirib azon aytish makruh, agar o‘zi uchun aytayotgan bo‘lsa, zarari yo‘q”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.