OTA RUXSATISIZ NIKOHLANISH

ID: 2429

06.09.2025

208

Savol:

Assalomu Aleykum Men chet elda boshqa millat va din vakilasi bilan tanishim do'stlashib qoldim va vaqt o'tgach, men unga Alloh izni bilan Islom dinini o'rgatdim va u qiz xristian dinidan Islom diniga o'tdi va hozirda, Alhamdulillah, namoz o'qiy boshladi. Ammo hozirda u boshqa davlatda qarindoshlari bilan yashaydi va ular uning Islom dinini qabul qilganligini ma'qullashmayapti, ular qarshilik va zulm o'tkazishmoqda. Men uni Allox uchun yaxshi ko'rdim, ko'nglim bor. Lekin Otam rozilik bermayapti, u hozirgi kunlarda asabiy va qarori qat’iy. Onam rozi, ammo otamdan qo'rqayapti va mening bir maqsadim u qizni Alloh izni bilan chaqirib zulmdan qutqarib nikohimga olmoqchiman Kechalari Istixora namozini o'qidim. Birinchi kecha rad javob olganga o'xshadim, lekin keyin har xil yaxshi ma'nodagi tushlar, ammo aniq javob yo'q. Hozirda boshim qotgan u qizni chaqirib sirli ravishda nikohimga olib biroz vaqt o'tgach Otamga aytganim ma'qulmi yoki Otam xohlagan qizga uylanaymi? Otamning asosiy qarshiligi shundan iboratki, "qo'ni-qo'shni nima deydi, u seni aldab xuddi rol o'ynagandek Islom dinini niqob qilib olmoqchi" deydi. Shu masalaga nima deysizlar? Javob uchun rahmat Olloh barokotlaridan ulashsin

Javob:

Bu o‘ta nozik va mas’uliyatli masala bo‘lib, unda hissiyotlarga berilmasdan, shariat va aql tarozusiga solib ish tutish talab etiladi. Darhaqiqat, otangizning tajribasi va hayotiy ko‘rsatmalari muhim ahamiyatga ega. Otangizning bu qizning samimiyatiga shubha bilan qarashi, sizga bo‘lgan mehri va kelajagingiz uchun qayg‘urayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun otaning roziligini olish, ularning ko‘nglini topishga harakat qilish farzandning burchidir. Shoshma-shosharlik bilan, yashirincha nikoh qurish ko‘pincha ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga, oilaviy nizolarga va keyinchalik afsus-nadomatga sabab bo‘lishi mumkin.

Istixora namozini davom ettiring, zero Alloh taolo O‘zidan yordam so‘ragan bandasini yolg‘iz qo‘ymaydi. Shu bilan birga, ota-onaning roziligi – xudoning roziligi ekanligini unutmang. Agar barcha urinishlarga qaramay, otangiz qat’iy qarorida tursa, ularning so‘ziga quloq solish siz uchun xayrliroq.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar