OTA ONASINING UYIGA YOTGANI BORISHI

ID: 5050

12.12.2025

326

Savol:

Assalomu alaykum. Ayol kishi ota-onasining uyiga eridan ruxsat olgan holda tunashga (yotgani) borishi joizmi? Men eshitgan ma'lumotga ko'ra, ayol kishi ota-onasining uyiga tunashga borsa, er yolg'iz yotoqda yotganida u bilan jinlar birga bo'ladi, ayol kishi bilan ham shunday bo'ladi deyishdi va ota-onasining uyiga tunashga ruxsat bergan er daюs bo'ladi deyishdi. Iltimos, shu masalada shariat hukmlari qanday?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ayol kishining eri roziligi bilan ota-onasi uyida tunab qolishi shar'an joiz. Bu ish uchun er daюs bo'lib qolmaydi. Siz eshitgan o'sha gaplar asossizdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar