OTA ONAGA OQ BO'LISH

ID: 4712

01.12.2025

85

Savol:

Assalomu aleykum va Rahmatullohi va Barokatuhu! Yoshligimda bir sabab bo'lib, ota-onam menga "oq qildim" degan so'zni ishlatishgan edi. Bu vaqt balog'at yoshida edim va nikoh qurishimga qarshilik qilganliklari sabab kelib chiqqan ziddiyat vaqtida aytishgan edi. Keyinchalik yarashib, bugungi kunda ahil inoq yashab kelmoqdamiz va qo'limdan kelganicha ularning xizmatini qilib kelmoqdaman. Savolim shundan iboratki o'sha vaqtda ular menga oq bo'lding degan bo'lsalar men hali ham buni eslaganimda ko'nglimga tahlika tushadi, hali ham ota-onamga oq bo'lganmanmi? agar shunday bo'lsa o'zaro yarashib olganligimizdan tashqari yana biron ish (o'qitish va shunga o'xshash biron narsa) qilish kerakmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Onangiz shu gaplaridan keyin Sizni kechirgan bo'lsalar, roziman degan bo'lsalar avvalgi gapning ahamiyati qolmaydi. Shunday ekan ko'proq xizmatlarini qilib, duolarini olishga harakat qiling. O'qitish yoki boshqa amaliyotlar shart emas.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar