O‘SHA QIZ OTASIDAN MEROS OLADIMI?

ID: 345

04.04.2025

58

Savol:

Ukam vafot etdi. Uning xotini va bitta qizi bor. Lekin qizi nikohsiz tug‘ilgan. Qiz tug‘ilgandan keyin ota-onasiga nikoh o‘qilib, oila bo‘lib yashashgan. O‘sha qiz otasidan meros oladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shar’iy jihatdan bu qiz otasidan meros ololmaydi. Meros olishi uchun ularning o‘rtasida nasab aloqasi bo‘lishi shart. Zino sababli u qizning nasabi otadan emas, onadan sobit bo‘ladi. Bu haqda Alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh shunday deydilar:

إذَا زَنَى رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ فَجَاءَتْ بِوَلَدٍ فَادَّعَاهُ الزَّانِي لَمْ يَثْبُتْ نَسَبُهُ مِنْهُ لِانْعِدَامِ الْفِرَاشِ وَأَمَّا الْمَرْأَةُ فَيَثْبُتُ نَسَبُهُ مِنْهَا

“Kishi bir ayol bilan zino qilsa va u tug‘sa, o‘sha zino qiluvchi kishi bolani o‘zidan bo‘lganini da’vo qilsa ham, nasab sobit bo‘lmaydi. Chunki ayol uning to‘shagida bo‘lmagan (ya’ni, ayol uning nikohida bo‘lmagan). Ammo bolaning nasabi onadan sobit bo‘ladi” (“Badoi’us-sanoi’” kitobi).

Demak, u qiz otadan meros olmaydi, lekin onasiga merosxo‘r bo‘la oladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar