O‘QUVCHI QOLDIRGAN DARSI UCHUN HAQ OLISH

ID: 489

04.04.2025

60

Savol:

Men o‘quvchilarga dars beraman ya’ni repetitorman. Biz oylik to‘lovni 100 ming qilib belgilaganmiz lekin shu 1 oy ichida o‘quvchi 1 yoki 2 marta dars qoldirsa ham belgilangan summani olishga haqlimanmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yollangan ishchilar ikki xil bo‘ladi: xos ishchi, umumiy ishchi.

Xos ishchi, faqat bir kishiga, kelishilgan muddat va kelishilgan ish haqi evaziga xizmat uchun yollanadi. Masalan, biror joyni qo‘riqlash, qo‘y boqib berish va hokazo.

Umumiy ishchi faqat bir kishi uchun xizmat qilmaydi. U ma’lum bir xizmatni qilib bergandan keyingina ish haqqiga ega bo‘ladi. Masalan, tikuvchi, bo‘yoqchi, nonvoy va hakazo. (“Al-Muxtasar al-Quduriy”, “Lubob”)

Demak, repititor ham umumiy ishchi hisoblanadi va qilgan ishiga yarasha haq oladi. Ya’ni, har bir o‘tgan darsiga haq oladi, o‘tmagan darsi uchun haq olishi joiz bo‘lmaydi. Faqat talaba qoldirgan darslari uchun ham o‘z ixtiyori bilan, rozi bo‘lib to‘lab bersa, uni olish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar