OQAVA SUVLARNI CHUQURGA OQIZISH

ID: 4136

12.11.2025

99

Savol:

Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki: oshxona, hammom, hojatxona suvlarini chuqurga quyilishi joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ha, bunday oqova suvlarni maxsus ajratilgan chuqurga, xususan barchasini bitta chuqurga quyish joiz. Bu chuqur yomon hidi bilan yoki er osti suvlarini ifloslantirish bilan atrofdagilarga zarar etkazmaydigan va xavfsiz tarzda tashkil etilgan bo'lishi lozim. Agar shu shartlarga rioya qilinsa, bu ishga shar'an monelik yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar