Assalomu alaykum salomatmisizlar savolim shuki, bir odam oʻz ilmidan foydalanib bir darslik qildi — online darslik. Uni hammaga pulga sotyapti. Lekin boshqa bir odam uni saytini yoki telegramini buzib kirib, soʻramasdan u ilmni oʻrgansa boʻladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Albatta, ilmga intilish va uni o‘rganishga bo‘lgan harakat maqtovga sazovordir, lekin bu yo‘lda shariat ruxsat bergan vositalarni qo‘llash shart. Birovning moddiy mulki bo‘lgan uyi, shaxsiy xonasi yoki qulflangan javoni kabilarni har qanday maqsadda buzib ochish mumkin bo‘lmaganidek, ma’naviy mulki bo‘lgan sayt yoki akkauntlarini buzib kirish ham shariatda man qilingan ishlardandir. Bunday tajovuzkorlikni biror maqsad bilan oqlab bo‘lmaydi.