ONANING OTASI VA QIZINING O'G'LI O'RTASIDAGI NIKOH

ID: 6668

27.01.2026

353

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Ota-bola begona bo'lgan ona-bolani o'z nikohiga olsa bo'ladimi? Ya'ni, onasini ota nikohiga olsa, qizini o'g'il oladi. Bu shar'an joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Ha, bunday nikoh shariatimizda joizdir. Ota bir ayolga uylansa, uning o'g'li o'sha ayolning boshqa eridan bo'lgan qiziga uylanishi mumkin. Чunki bu ikki yosh o'rtasida nikohni harom qiluvchi shar'iy to'siq yo'q. Ular bir-birlariga mahram hisoblanmaydilar, ya'ni, begonadirlar. Shu sababli ularning o'zaro oila qurishlari joiz hisoblanadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar