Assalomu alaykum. Onam xijob o‘raydi. Yoshi 57 da, lekin ko‘chaga chiqqanda atir sepib chiqadilar. Otam bu dunyodan foniy dunyoga ketganlar. Men katta o‘g‘ilman. Savolim shuki Bir hadis o‘qib qoldim Unda qaysiki Bir ayol ko‘chaga atir sepib chiqsayu va erkaklar oldinda o‘tsa u ayol Zino qilgan gunohi yoziladi deyilgan adashmasam. Men onamga shuni chiroyli qilib ko‘ngliga ozor bermay tushuntirsam men aql o‘rgatgan bo‘lib qolmaymanmi. Javob uchun oldindan Raxmat. Allox ilmlaringizni bundanda ziyoda kilsin.
Ayol kishi zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqsa, o‘ziga oro bermay, erkaklarning nazarini o‘ziga qaratmaydigan, avratlarini to‘sadigan, shaffof bo‘lmagan kiyimda bo‘lishi shariatimiz talabidir.
نْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ زانية. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ
Abu Muso raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir ayol atir bilan xushbo‘ylansa so‘ng (ko‘chaga) chiqsa va uning hidini hidlashlari uchun biror qavm oldidan o‘tsa, bas, u zinokordir. Har bir ko‘z zinokordir” (Imom Ahmad, Imom Nasoiy va Imom Hokim rivoyat qilishgan).
Onangizga bu masalani chiroyli uslubda, mehribonlik bilan tushuntirishingiz aql o‘rgatish hisoblanmaydi. Ushbu hadisni eslatib, atirning begona erkaklar e’tiborini tortishi mumkinligi va buning shariatda qaytarilganini odob bilan ayting.