ONA VA FARZANDLAR ORASIDA MEROS TAQSIMOTI

ID: 7195

10.02.2026

225

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Merosxo'rlar bir o'g'il, ikki qiz va ona bo'lganda, meros qaysi tartibda bo'linadi? Agar merosxo'rlar bir o'g'il, bir qiz va onadan iborat bo'lsa-chi? Misol tariqasida yozma ravishda hisoblab berishingizni so'rayman. Rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom varohmatullohi vabarokatuh. Avvalo shuni ta'kidlash lozimki, merosga oid masalalar юzasidan xulosa chiqarilishi uchun, barcha merosxo'rlar bir ovozdan meros taqsimoti uchun shar'iy hukmni bilish istagi bilan fatvo markazimizga shaxsan murojaat qilishlari, so'ngra masala atroflicha o'rganib chiqilishi lozim.

Lekin ta'lim ma'nosida aytadigan bo'lsak, agar savoldagi «ona»dan murod marhumning ayoli bo'lsa, unga merosning 1/8 qismi tegadi, qolgani esa farzandlar o'rtasida «o'g'ilga ikki, qizga bir hissa» tartibida taqsimlanadi. Birinchi holatda, ya'ni 1 xotin, 1 o'g'il, 2 qiz bo'lganda: mulk 32 bo'lakka bo'linib, ayolga 4, o'g'ilga 14, qizlarning har biriga 7 bo'lakdan beriladi. Ikkinchi holatda, ya'ni 1 xotin, 1 o'g'il, 1 qiz bo'lganda: mulk 24 bo'lakka bo'linib, ayolga 3, o'g'ilga 14 va qizga 7 bo'lak tegadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar