O'N KUN ICHIDA QAYTA KELGAN QON

ID: 7847

20.02.2026

724

Savol:

Men 38 yoshdaman. 10 kun avval shar'iy uzr holatim tugab, 1 kun ro'za tutgan edim. Ammo yana (ya'ni 10 kun o'tib) uzrli holatim юz berdi. Bunday holda ro'za hukmi qanday bo'ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu qon hayz hisoblanishi uchun avvalgi hayzdan keyingi poklik muddati kamida o'n besh kun bo'lishi lozim. Shuning uchun o'n kun o'tib kelgan bu qon hayz emas, balki istihoza qoni hisoblanadi. Bunday holatda siz pok sanalasiz. Shuning uchun ro'zangizni tutishda va namoz o'qishda davom etishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar