OMONAT QO‘YILGAN NARSANI ISHLATIB BO‘LMAYDIMI?

ID: 60

04.04.2025

113

Savol:

Menga bir do‘stim pul berib buni falonchiga berib qo‘y, senga omonat dedi. Shu pulni o‘z ehtiyojim uchun sarfladim. Lekin do‘stim aytgan vaqtda uning pulini aytilgan odamga yetkazdim. Mening ishimda biror xato bo‘lmadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Albatta, bu ishda xatolik bor. Ya’ni sizga berilgan pul omonat hisoblanib, uni omonat egasining roziligisiz o‘z ehtiyojingizga sarflash xato va omonatga xiyonat bo‘ladi. Albatta,omonat egasining roziligi bilan ishlatish mumkin. Agar egasining roziligisiz ishlatib yuborilgan bo‘lsa, bu omonat hukmidan chiqib, to‘lab beriladigan haqqa aylanadi.

واما حكمها فوجوب الحفظ علي المودع وصيرورة المال امانة في يده ووجوب ادائه عند طلب مالكه، كذا في الشمني. الوديعة لا تودع ولا تعار ولا تؤاجر ولا ترهن، وان فعل شيئا ضمن 

“Bas, uning (omonatning) hukmi, berilgan kishining huzurida saqlanishi vojibdir.Va uning qo‘lida omonatga aylanadi. Hamda egasi talab qilgan vaqtda uni qaytarilishi shartdir. “Shumaniy”da ham shunday zikr qilingan. Omonat molni boshqasiga omonatga, oriyaga, ijaraga va garovga berilmaydi. Agar omonatga olgan kishi shulardan birini qilsa, to‘lab beradi” (“Fatovoi Olamgiriya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar