OMONAT MABLAG‘IGA XIYONAT QILIB QO‘YDIM

ID: 403

04.04.2025

52

Savol:

Men bir insonning omonatga qo‘ygan mablag‘iga hiyonat qilib qo‘ydim. U inson menga «Sendan noroziman, Qiyomatda uchrashamiz, qalbimga qattiq ozor berding» deb aytgani uchun halovatim yo‘q. Bir kitobda dil og‘rig‘iga Yaratgan aralashmasligi haqida yozilgan ekan. Shu to‘g‘rimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Hayotda biz bir-birimiz bilan turli moliyaviy va turli oldi-berdi masalalarida muomalada bo‘lamiz. Bunday holatda biz haromdan saqlanishimiz, o‘zganing haqqini paymol qilmasligimiz, omonatlarga tajovuz qilmasligimiz lozimdir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom musulmon kishi o‘zganing haqqidan hazar qilishi kerakligini ta’kidlab, shunday deganlar:

"اَلاَ اِنَّ اللهَ حَرُمَ عَلَيْكُمْ دِمَائَكُمْ وَاَمْوَالَكُمْ" (رواه الإمام البخاري)

ya’ni: "Ogoh bo‘linglar, albatta Alloh taolo jonlaringiz va mollaringizni bir biringizga harom qildi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Qiyomat kuni to haq egasi kechmaguncha, Alloh taolo ham bandaning haqqini kechirmaydi. Shuning uchun Siz o‘sha insonni haqqini ado qilib, bu dunyoning o‘zida roziligini olishga astoydil harakat qiling. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar