Assalomu alaykum va rohmatulloh! Menga bir kishi kontrakt to'lovim uchun 500 $ pul berdi ammo to'lov muddatigacha bir necha oy vaqt bor, shu orada menda boshqa bir ehtiyoj paydo bo'lib qoldi, men shu 500$ pulni boshqa bir ehtiyojimga ishlatib turib, kontrakt to'lovimni muddatigacha o'zim yonimdan pul jamg'arib to'lasam ham bo'laveradimi yoki aynan o'sha 500$ni kontraktimga to'lashim kerakmi? Javob uchun rahmat!
Va alaykum assalom va rohmatulloh va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Sizga berilgan ushbu pul yo hadya yoki ehson bo'ladi. Uni qabul qilgach, bu mablag' sizning mulkingiz hisoblanadi va o'zingiz istagan joyga sarflashingiz mumkin. Ammo zarur ehtiyoj bo'lmasa, uni boshqa joyga ishlatmay, kontraktga to'lashingiz yanada yaxshiroq bo'ladi. Vallohu a'lam.