OMIN

ID: 2039

21.08.2025

39

Savol:

Assalomu alaykum. Bizda Ozbekistonda duo qilgandan keyin yuzimizni qollarimiz bilan artamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda Shay Assem Al Hakim chiqib qoladi. Shu narsani yangilik bu deb aytdi. Bironta hadis yoq rasulullohni shu ishni qilganidan dedi. Agar yangilik bolsa nega bizdagi hamma domlalar ham shunday qiladi .Yoki bu I son notogri gapiradimi. Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Bismillahir Rohmanir Rohim. Duoda qo‘llarni ichi bilan duo qilish, so‘ngra yuzga surish hadisi shariflarda bayon qilingan. Shulardan biri Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Allohdan kaftlaringizning ichi bilan so‘ranglar, sirti bilan so‘ramanglar. Qachon forig‘ bo‘lsangiz, ularni yuzingizga surting”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyalari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar