OʼLGAN ODAMGA QURʼON OʼQISH

ID: 3386

17.10.2025

195

Savol:

Assalomu aleykum savolim shundan iboratki bir necha kun oldin bir odam vafot etdi. Biz oʼsha odam uchun shomdan kegin haqqiga Qurʼon oʼqib qoʼysak boʼladimi. Yoki faqat kunduzi oʼqishimmiz kerakmi. Javob uchun oldindan raxmat.

Javob:

Va alaykum assalom. "Shom namozidan keyin tasbehlar aytilmaydi yoki kamroq aytilishi kerak, Qur’oni karim tilovat qilinmaydi" degan gap yo‘q. Ammo bizning diyorlarda Shom namozidan keyin Qur’on tilovati qilmaslik urf bo‘lgan. Aksariyat jamoatlarda tasbehlar to‘liq aytilib, oyatal kursiy ham o‘qiladi. Aslida tasbeh va tilovat qilish boshqa namozlarda bo‘lgani kabi Shom namozidan keyin ham mustahab amal. Demak, kimdir Shomdan keyin ham tilovat qilishni hohlasa bunga shar’iy mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar