Ael kanchada ota onasinikiga borishi kerak
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ayolning eri oldidagi majburiyatlari bo'lgani kabi, erning ham ayoli oldida majburiyatlari bor. Shulardan biri ma'lum muddatda ayoliga ota-onasini ko'rgani borishiga ruxsat berishidir. Er-xotinning huquq va majburiyatlari o'ta nozik masalalardan biri bo'lgani uchun fuqaholar buni chuqur va atroflicha tahlil qilganlaridan keyin, holatni ikkiga bo'lib javob berganlar: Agar ota-ona qizini ko'rishga kelishga imkoniyati yo'q bo'lsa, er ayoliga ota-onasini ko'rgani borishga haftada bir marta ruxsat beradi. Agar ota-ona qizini ko'rishga kela oladigan bo'lsa, urfda odamlar orasida joriy bo'lgan odatga qarab, vaqti-vaqti bilan ota uyiga юboradi. Chunki butkul юbormay qo'yish silai rahmni uzishga olib keladi. Bu holatda ayolning uyi yaqin yoki uzoqda, boshqa shaharda bo'lishiga ham qaraladi. Chunki uzoq joyga haftada, hatto oyda bir marta borish ham katta xarajat talab qiladi. Shuning uchun urfda odamlar orasida joriy bo'lgan odatga qarab ish ko'riladi. Oilaning uzoq yil tinch-totuv davom etishi ikki tomonning bir-birini to'g'ri tushunib yashashiga bog'liq bo'ladi. Haq talab qilish orqali oila uzoq umr ko'rmaydi, tanazzulga юz tutadi. Ayolning oiladagi vaziyatni hisobga olmay, “Otam-onamdan voz kechishim kerakmi”, deb beruxsat ketib qolishi yoki erning ruxsat bermasligi yoxud qaynonaning aralashuvi, “Bu uyda mening aytganim bo'ladi” demoqchi bo'lganday kelinga to'sqinlik qilishi katta janjallarga olib boradi. Shuning uchun kelin vaziyatga qarab ruxsat so'rashi, er ham ayolining oldidagi burchini his qilgan holda юborib turishi lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.