OILA

ID: 3018

03.10.2025

274

Savol:

Yangi tugilgan ayolga 3 talok bersa otadimi Erni otasi 3 talok berishga Sababchi bolsa gunoxga botadimi 3 talok ni kasofati farzandga uradimi 3 talok dan keyin maxr beriladimi

Javob:

Assalomu alaykum. Savolingizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsak, farzand ko‘rgan (ya’ni savolda yozilgani kabi tug‘ilgan emas tuqqan) ayolga taloq aytilgan bo‘lsa taloq tushadi va bu besabab aytilgan bo‘lsa aytgan ham sababchi bo‘lganlar ham gunohkor bo‘ladi. Uch taloqni kasofati bolalarga uradi degan gapga kelsak bu biror qat’iy, shar’iy asosga ega emas. Chunki biz musulmonlar Alloh taoloni adolatli Zot deb bilamiz va shunday e’tiqod qilamiz. Har kim qilgan yaxshi yoki yomon amallari uchun o‘zi ziyon yoki foyda ko‘rishi haqida Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: مَّنْ عَمِلَ صَالِحًا فَلِنَفْسِهِ وَمَنْ أَسَاءَ فَعَلَيْهَا وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِّلْعَبِيدِ

Kim solih amal qilsa, o‘ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o‘ziga zarar. Robbing bandalarga zulm qiluvchi emas. (Fussilat surasi, 46-oyat). Mahr masalasiga kelsak, mahr taloqdan keyin emas balki nikohdan keyin berilishi kerak edi. Bordiyu nikohdan hozirgacha mahr berilmagan bo‘lsa mahrni berishini kuyovdan so‘rab olish mumkin

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar