OILA

ID: 12002

15.05.2026

615

Savol:

Men oilaliman 1-nafar farzandim bor.Turmush qurishimdan oldin koʻngilsiz va qarindoshlarimning qistovi bilan va yana otamni rozi qilish uchun oila qurdim.3 yildirki bu oilaga koʻnika olmadim va erimga koʻngil qoʻya olmadim yashagim kelmaydi bir honada hatto oʻtirgim ,gapirgim ham kelmaydi u insonga.Mana shu koʻngilsizlikni men koʻp oʻylanishga va siqilib betob boʻlib qolishimga sabab boʻlyapti . Erimga aytimdim koʻnglim yoʻqligini .Men ikki taraf ham tinchlikda va kelishuv asosida bu oila yakun topishini hohlayman va yashashni istamayman .Maslahat bering boshim qatti nima qilay otamga nima deb tushuntiray.

Javob:

Dinimizda oila muqaddas qo'rg'on bo'lib, faqatgina "ko'ngil yo'qligi" yoki "muhabbatsizlik" tuyg'usi oilani buzish uchun asos bo'la olmaydi Hazrati Umar roziyallohu anhu huzurlariga bir kishi xotinini yaxshi ko'rmasligi va ajrashmoqchi ekanini aytganida, u zot: “Hamma oilalar ham muhabbat ustiga qurilavermaydi-ku! Odamlarda burch va mas'uliyat degan tuyg'ular qayoqqa ketdi?” deb tanbeh berganlar. Agar er o'z mas'uliyatini ayamayotgan, zulm qilmayotgan bo'lsa, arzigulik sababsiz ayol kishi talog'ini so'rasa, ajrashishni talab qilsa, gunohkor bo'ladi. Qolaversa, bu go'dakning tirik etim bo'lishiga sabab bo'ladi. Ba'zan inson "meni majburlashgan" degan alam bilan yashaganida juftning yaxshi xislatlarini ko'rolmaydi, vaholanki, vaqt o'tishi bilan oilada o'zaro hurmat, do'stlik va mas'uliyat tuyg'usi muhabbatdan ko'ra mustahkamroq rishtani sodir etishi mumkin. Shunday ekan, oilani buzmang. Shuncha vaqt davomida turmush o'rtog'ingiz Sizga nisbatan - sizda ko'ngil bo'lmayotgan bo'lsa-da - yashab, go'zal munosabat ko'rsatib kelayotgan bo'lsa, u kishining qadriga eting. Odatda ko'p ne'matlar yo'qotilgandan so'ng qadriga etiladi. Ertaga afsuslanib qolmaslik uchun hissiyotga berilmang, aql bilan ish tuting. Vallohu a'lam

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar