Og‘iz ochish va yopishdagi duolar sunnatda kelganmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Og‘iz ochishdagi duo sahih hadisda kelgan.
عن معاذ بن زهره انه بلغه ان النبي صلي الله عليه و سلم كان اذا افطر قال: اللهم لك صمت و علي رزقك افطرت رواه ابو داؤد
Mu’oz ibn Zahra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U Zotga yetgan xabarga ko‘ra Nabiy sollollohu alayhi vasallam og‘iz ochgan vaqtlarida "Allohim, Sening rizoliging uchun ro‘za tutdim va Sening bergan rizqing bilan iftor qildim" deb duo qilardilar. Imom Abu Dovud rohimahulloh rivoyati.
Og‘iz yopishdagi نويت ... deb boshlanadigan duo esa, niyatning arabiy lafz bilan ifoda qilingan shakli bo‘lib, hadisda kelmagan. Lekin kimdir shunday duo qilsa xato ish qildi deyilmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.