OG'IRLIK

ID: 3223

12.10.2025

45

Savol:

Assalomu alaykum savolimni mazmuni shundan iboratki qo‘qonda oshqovoq deyiladi shu sabzavotni o‘g‘irlab yesa bo‘ladi degan gap bor shu qanchalik dinimizda rost nimadir sabab bilan o‘g‘irlik qilish mumkinmi Javob uchun oldidan rahmat

Javob:

O‘g‘irlik qilish katta gunoh va harom amaldir. Oshqovoq yoki boshqa qaysidir buyum yoxud ozuqaga tegishli istisno yo‘q. Siz eshitgan gaplar asossiz. Shariatimizda faqat bir holatda — inson ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolib, yeyishga o‘sha narsadan boshqa hech vaqo topa olmasagina, o‘lmaydigan miqdorda olishiga ruxsat beriladi. Bu "zarurat holati" deb ataladi va bunda ham imkon qadar egasidan ruxsat so‘rash, topilmasa keyinchalik qiymatini to‘lash lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar