Bir kishi bitta o‘g‘li bor ayolga uylandi, keyin undan uchta qiz farzand ko‘rdi. O‘sha kishi vafot etsa, xotinga ergashib kelgan o‘gay o‘g‘il merosxo‘r bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Yo‘q, o‘gay o‘g‘il merosxo‘r bo‘lmaydi. Chunki u bilan vafot etgan kishi o‘rtasida hech qanday nasab bog‘lanishi yo‘q. Meros olish uchun nasab orqali yoki nikoh orqali bog‘lanish (ya’ni, er-xotinlik) bo‘lishi kerak. Demak, farzandlar ichida faqatgina mayyitning pushtidan bo‘lgan (sulbiy)lari meros oladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.