O‘Z JONIGA QASD QILISH

ID: 474

04.04.2025

18

Savol:

5 vaqt namoz o‘qiyman. Ro‘za tutaman, o‘ranganman. Ajrashganimga 12 yil bo‘ldi, o‘zim xamshira bo‘lib ishlayman. 3 kun oldin oilaviy kelishmovchilik bo‘lib qoldi. Kechayu kunduz Allohdan solih, taqvodor va iymonli inson bilan turmush qurishimni nasib etishini, shu oilaviy janjallardan qutulishimni so‘rayman, kechadan buyon miyamga "baribir baxtli bo‘lolmayman, bu janjallardan qutulishni bitta yo‘li dori ichib o‘lish" degan fikr meni tinch qo'ymayapti. Iltimos menga maslahat bering.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Siz duolaringizni davom ettiring. Xususan, hozirgi duolar ijobat bo‘ladigan onlarda yaxshi tilaklar qiling. O‘zingizni o‘ldirishni xayolingizdan chiqarib yuboring. Chunki bu muammodan qutilish emas, aksincha bir muammodan qutilib, katta azobga yo‘liqish bo‘ladi. Chunki hadis shariflarda shunday deyiladi:

"قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "مَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِشَيْءٍ فِي الدُّنيَا عُذِّبَ بِهِ يَومَ القِيَامَةِ

“Kim bu dunyoda o‘zini biror narsa bilan o‘ldirsa, qiyomatda ham unga o‘sha narsa bilan azob beriladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshqa bir hadisda “Sizlardan oldingi ummatdan bo‘lgan bir kishining badaniga toshma toshgan edi. Toshma unga ozor beravergach kamon o‘qini qinidan olib, yarani tirnay boshladi. Undan chiqqan qon to‘xtamay oqibatda u kishi o‘ldi. Shunda Alloh taolo: “Bandam shoshib o‘zini o‘ldirdi. Shuning uchun jannatni unga harom qildim”, – dedi” (Imom Buxoriy rivoyati). Tavfiq Allohdan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar