SOCHNI KERATIN QILDIRISH

ID: 5226

18.12.2025

570

Savol:

Assalomu alaykum. Sochni keratin qildirish mumkinmi va bu amal halolmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar keratin sochda suv o'tkazmaydigan qatlam hosil qilmasa va g'usl hamda tahoratda suvning soch tolalari va ildizlariga etib borishiga to'sqinlik qilmasa, undan foydalanish joizdir. Shuningdek, ishlatiladigan modda salomatlikka zararsiz bo'lishi, tarkibida najosat bo'lmasligi lozim. Ushbu shartlar bajarilgan taqdirda, bu amal durust hisoblanadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar