Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Sohibi uzr bo'lgan insonning tahorati har namoz vaqti kirganda yangilanadi. Yangi tahorat qilganda mustahabni (istinjoni) ham yangilashi kerakmi?
Vaalaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Darhaqiqat, uzrli kishi har namoz vaqti chiqqanda tahoratini yangilashi lozim. Ammo shu har tahorat yangilashda istinjo qilishi, ya'ni avratini юvishi shart emas. Istinjo tahoratning emas, balki najosatni ketkazishning shartidir. Shuning uchun u faqat najosat badan yoki kiyimga dirham miqdoridan ortiq yoyilgan bo'lsagina shart bo'ladi. Vallohu a'lam.