Assalomu alaykum. Umra ziyeratidaman. Umra niyatida tavof kildim. 4 tafovdan keyin biroz kuchanganimda ozrok siydik chikkan dek buldi unaka emasdir deb ibodatlarni davom ettirdim. Taxoratxonada kuyilgan lattamni kurdim. Siydik iz va xidi yuk edi.mexmonxonaga kelsam xidi bordek. Endi jinoyat kilgan bulamanmi
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Alloh taolo ibodatingizni qabul qilsin. Siz tahoratxonada qaraganingizda izi va xidi yo‘q bo‘lsa, tavofingizda muammoq yo‘q. Mehmonxonada ko‘rganingiz keyin chiqqan bo‘lishi ham mumkin, shuning uchun bu bilan jinoyat qilgan bo‘lib qolmaysiz.
Mabodo tavof vaqtida siydik chiqqani aniq bo‘lsa, unda hukmi nima bo‘ladi? Bu holatda tavof nuqsonli bo‘lib qoladi va bu sababli bir qo‘y so‘yish vojib bo‘ladi. Ammo tahorat olib tavofni qayta qilib qo‘yilsa (hatto ehromdan chiqqan bo‘lsa ham), qo‘y so‘yish zimmangizdan soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam.