NUH ALAYHISSALOMNING ASL ISMLARI

ID: 486

04.04.2025

58

Savol:

Bir ma’ruzada Nuh alayhissalomning ismlari boshqa bo‘lgan bu laqablari deyildi. Unda ismlari nima bo‘lgan?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Haqiqatda Nuh bu laqab bo‘lib, “ko‘p dod faryod qiluvchi” degan ma’noni beradi. Chunki, Nuh alayhissalom qavmlaridagi kufr, osiylik, itoatsizlikni ko‘rib, buning oqibati abadiy halokatligini sezib, ularni bu yo‘ldan qaytarishga uzoq yillar mobaynida juda katta kuch sarflaganlar. Sodda qilib aytganda qavmning qaysarligidan dod faryod qilganlar. Ularni hidoyatga kelishini so‘rab doimo Allohga yig‘lab tazarru qilganlar. U zotning ismlariga kelsak, bu borada Tafsiri “Jalolayn”ning sharhi “Jamolayn fi sharhi Jalolayn” kitobida uch xil qarash mavjud. Ba’zi ulamolar Nuh alayhissalomning haqiqiy ismlari “Abdulg‘affor” bo‘lgan desa, boshqalari “Yashkur” bo‘lgan deydilar. Uchinchi taraf ulamolari esa “As sakan” bo‘lgan deydilar. (5 jild, 18 bet. Ankabut surasi) Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar