ЧETDAN TOVAR OLIB KELIB SOTISHDA USTAMA

ID: 12844

02.06.2026

107

Savol:

Assalomu alaykum. Mening do'stim chet davlatdan tovar olib kelish bilan shug'ullanadi. Hozir shunday vaziyat bo'ldiki, bir tanishimizga texnika kerak. U texnika respublikamizda 30 million so'm turadi. Mening do'stim xuddi shu narsani 15 million so'mga topgan. O'sha erning sotuvchilari bilan kelishib, narxini tushirib, so'ralgan narsani hech qanday aldovlarsiz olib kelib bermoqchi. Lekin xaridorning sotib olishga puli yo'q. Do'stim texnikaning pulini sotib oluvchidan olib, ustiga foydasini qo'yib olib kelib bersa bo'ladimi? Bu riboga kirib qolmaydimi? Do'stim ustiga 5–6 million so'm foyda qo'ymoqchi. Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Do'stingizning ushbu muomalani oddiy olib-sotar sifatida amalga oshirib, daromad ko'rishi shar'an joiz emas. Чunki shariatimizda inson hali o'z mulkiga kirmagan, qo'lida bo'lmagan narsani boshqalarga sotishidan qaytarilgan. Siz so'ragan holatda esa, do'stingiz o'zida yo'q texnikani mijozga sotib, pulini oldindan olmoqchi va shundan so'nggina uni chet eldan xarid qilib keltirmoqchi bo'lyapti.

Bu muomalani halol yo'l bilan amalga oshirish uchun do'stingiz xaridorning nomidan «sotib olib beruvchi vakil» maqomiga o'tishi va xizmat haqini (ya'ni, o'z ustamasini) unga ochiq-oydin aytib kelishishi lozim bo'ladi. Yoki bo'lmasa, chet davlatdagi sotuvchining vakiliga aylanib, o'rtadagi xizmat haqini bevosita sotuvchining o'zi bilan kelishib olishi ham mumkin.

Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar