Assalomu Alaykum. Men uydan chiqayotganda 15- kundan ziyod ( 20 kun) qolishni niyyat qilgan edim. Borib 2-3 kun ishladik, keyin ishimiz tez bitadigan boʻlib qoldi yaʼni 15 kundan kam kunlarda aytishlaricha lekin ishimiz 15 kundan choʻzilib qolish ehtimoli ham bor shunda men muqim boʻlib qolamanmi yoki musofir?
Va alaykum assalom. Siz dastlabki niyatingizga ko‘ra muqim bo‘lgansiz va muqimligingiz garchi 15 kundan kam turishingiz aniq bo‘lgan bo‘lsada to safar qilmaguningizcha davom etadi. Chunki Siz uchun hozir istiqomat qilib turgan joyingiz iqomat vatani deyiladi va iqomat vatani safar qilish bilan yo‘qqa chiqadi.