Norka telpak bilan namoz o'qisa bo'ladimi? Ba'zi odamlar norka telpakning terisi halol emas, shu sababli unda namoz o'qish joiz emas, deydi. Bu qanchalik to'g'ri? Shu haqda batafsil tushuncha bersangiz.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, cho'chqadan boshqa har qanday hayvonning terisi oshlash, ya'ni maxsus ishlov berish orqali shar'an pok bo'ladi. Norka telpaklari ham tayyorlanish jarayonida oshlangani sababli pok sanaladi. Shu bois u bilan namoz o'qish joizdir. Vallohu a'lam.