NOMOZ HAQIDA

ID: 14185

04.07.2026

227

Savol:

Bomdod nomozodan kiyin uhlasa boladimi Men kopincha charchab uhlab qolyapman

Javob:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh. Bomdoddan keyin uxlash harom (gunoh) emas, lekin imkon qadar bu vaqtda uxlamaslik tavsiya etiladi. Islomda kunning boshlanish vaqti - baraka va rizq taqsimlanadigan vaqt hisoblanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, ummatimning sahargi (vaqtli boshlagan) ishlariga baraka ber», deb duo qilganlar. Shu sababli, bomdoddan keyin to quyosh chiqquncha uyg'oq o'tirish, zikr, duo yoki foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lish sunnat va juda fazilatlidir. Sahobalar va ulug' olimlar bu vaqtda uxlashni makruh (yoqtirilmagan ish) deb bilishgan, chunki bu vaqtdagi uyqu rizq va barakaning kamayishiga sabab bo'ladi deyilgan. Xulosa qilsak imkon qadar bomdod namozidan keyin uxlamaslik zikr va Qur'on qiroati kabi ishlar bilan mashg'ul bo'lish mustahab ish bo'ladi. Zarurat bo'lganda uxlash joiz bo'ladi. Vallohi a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar