Nomahram ayol va erkak qo‘l berib ko‘rishishi mumkinmi? Shunday qilsa nima bo‘ladi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Nomahram erkak va ayolning qo‘l berib ko‘rishishi mumkin emas, qo‘l berib ko‘rishish qo‘l zinosi bo‘ladi.
عَنِ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه و سلم قَالَ: إِنَّ اللهَ كَتَبَ عَلَى ابْنِ آدَمَ حَظَّهُ مِنَ الزِّنَا أَدْرَكَ ذَلِكَ لَا مَحَالَةَ، فَزِنَا الْعَيْنَيْنِ النَّظَرُ، وَزِنَا اللِّسَانِ الْمَنْطِقُ. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَزِنَا الْيَدَيْنِ الْبَطْشُ، وَزِنَا الرِّجْلَيْنِ الْمَشْيُ، وَزِنَا الْأُذُنِ الْاِسْتِمَاعُ، وَزِنَا الْفَمِ الْقُبَلُ، وَالنَّفْسُ تَمَنَّى وَتَشْتَهِي وَالْفَرْجُ يُصَدِّقُ ذَلِكَ وَيُكَذِّبُهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sallallohu alayhi vasallam: "Albatta, Alloh Odam bolasiga uning zinodan bo‘lgan nasibasini yozgandir. Uni olmasligi amri maholdir. Bas, ikki ko‘zning zinosi nazardir. Tilning zinosi nutqdir", dedilar".
Boshqa bir rivoyatda: "Ikki qo‘lning zinosi ushlash, ikki oyoqning zinosi yurib borish, quloqning zinosi eshitish, og‘izning zinosi o‘pishdir. Nafs uni orzu va ishtaha qilur. Farj esa uni tasdiqlar yoki yolg‘onga chiqarur", ziyoda qilingan. Imom Abu Dovud rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.