Assalomu alaykum. Mening savolim shuki, boshlig'imizning tayyor biznesini ijaraga olmoqchiman. Ya'ni ofis, ombor, do'kon, mahsulot va pul — hamma narsa biznes egasidan bo'ladi. Men o'zim savdo qilib foyda ko'raman va har oyda kelishilgan ijara to'lovini to'lab bormoqchiman. Shunday qilish shariat bo'yicha joizmi?
Vaalaykum assalom. Yo'q, bu ko'rinishdagi kelishuv joiz emas. Chunki fiqhga ko'ra, pul va sotiladigan tovarlar ijaraga berilmaydi. Pulni ijaraga berish esa to'g'ridan-to'g'ri ribo hisoblanadi. Buning o'rniga, foydani o'zaro kelishilgan nisbatda (masalan, 50/50) bo'lishish sharti bilan muzoraba shartnomasini tuzishingiz to'g'ri bo'ladi. Bino va jihozlar uchun alohida ijara haqi belgilash, mablag' va savdo uchun esa sherik bo'lish maqsadga muvofiqdir.